Caspel MChJ uchun faxrli onni sizlar bilan bo‘lishmoqchimiz. “Dell Technologies” tomonidan o‘tkazilgan yilning eng yaxshi hamkorlarini mukofotlash marosimida kompaniyamiz wCIS mintaqasi bo‘yicha “Partner of the Year 2025” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Caspel MChJ 2024-yil 10-dekabr sanasida “Dell Technologies” tomonidan tashkil etilgan «FY24 Partner Awards Dinner» tadbiri doirasida «Data Center Partner of the Year Azerbaijan» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, ushbu mukofot Dell texnologiyalarini qo‘llash orqali yuqori malaka va tajriba namoyish etib, murakkab va ko‘p yo‘nalishli ma’lumot markazlarini yaratish sohasiga muvaffaqiyatli hissa qo‘shgan hamkorlarga taqdim etiladi.
Mamlakatning ilk IKT integratorlaridan biri sifatida Caspel o‘z faoliyati davomida ma’lumot markazlarini loyihalash, qurish va optimallashtirish yo‘nalishida nufuzli yutuqlarga erishgan, shuningdek ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashi va yuqori sifat standartlari orqali mijozlarning global miqyosdagi muammolarini samarali, barqaror va ishonchli tarzda hal qilishi bilan ajralib turadi. Kompaniyamiz mazkur yo‘nalishda yirik hajmdagi loyihalarni amalga oshirib kelayotganligi va hozirgi raqamli transformatsiya davrida turli va ko‘p yo‘nalishli bizneslarga yordam bergani uchun alohida tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
“Dell Technologies” tomonidan ishimizning bunday yuksak baholanishidan faxrlanamiz. Ushbu mukofot ma’lumot markazlarini barpo etish sohasidagi yetakchiligimiz va innovatsiyalarga bo‘lgan sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaydi.
Hamkorlarimizga ko‘rsatgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!