Caspel MChJ 2024-yil 10-dekabr sanasida “Dell Technologies” tomonidan tashkil etilgan «FY24 Partner Awards Dinner» tadbiri doirasida «Data Center Partner of the Year Azerbaijan» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Caspel MChJ uchun faxrli onni sizlar bilan bo‘lishmoqchimiz. “Dell Technologies” tomonidan o‘tkazilgan yilning eng yaxshi hamkorlarini mukofotlash marosimida kompaniyamiz wCIS mintaqasi bo‘yicha “Partner of the Year 2025” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu yutuq Caspelning ham, O‘zbekistonning(IKT) sohasida orttirgan nufuzining yanada mustahkamlanishidan dalolat beradi.
Mazkur mukofot murakkab ma’lumot markazlari va korporativ infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish hamda xalqaro standartlarga mos yechimlarni taqdim etish borasida olib borgan izchil rivojimiz natijasidir. Bugun Caspel mintaqadagi davlat tashkilotlari va yirik korporativ mijozlar ishonch bildirgan strategik texnologik hamkor sifatida tanlanadi va raqamli transformatsiya jarayonlarining samaradorligiga real ta’sir ko‘rsatadi.
Bu yutuq biz uchun nafaqat professional natija, balki mamlakatimiz nomidan qo‘lga kiritilgan xalqaro ishonchning timsolidir. wCIS mintaqasining eng yaxshi hamkori sifatida tanlanish, O‘zbekiston texnologik ekotizimining qudratini xalqaro maydonda namoyish etish uchun qo‘shimcha motivatsiya beradi.
Caspel sifatida innovatsiyaga asoslangan yondashuvimizni, yuqori sifat standartlarimizni va ilg‘or texnologiyalar tatbiqini davom ettirib, mamlakatning raqamli kelajagiga hissa qo‘shishga qat’iy bel bog‘laganmiz.