Caspel uz

Elektron Boshqaruv va Yagona Kirish Tizimi

Elektron Boshqaruv va Yagona Kirish Tizimi

SSO (Single Sign-On) – foydalanuvchilarga bir marta tizimga kirish orqali bir nechta turli tizim va ilovalarga bir vaqtning o‘zida kirish imkonini beruvchi yagona identifikatsiya tizimidir. Ushbu texnologiya xavfsizlikni oshiradi, foydalanuvchi tajribasini soddalashtiradi va boshqaruv jarayonlarida moslashuvchanlik yaratadi.

Elektron boshqaruv va yagona kirish tizimlari tashkilot ichida turli dasturiy ta’minotlar va platformalar o‘rtasida markazlashtirilgan foydalanuvchi nazoratini ta’minlaydi. IT resurslarini boshqarishni yengillashtiradi, xavfsizlik xatarlarini kamaytiradi va kirish jarayonlarini tezlashtiradi.

Asosiy funksiyalari:

  • Bitta kirish orqali bir nechta tizim va portallarga chiqish
  • Markazlashtirilgan identifikatsiya va autentifikatsiya
  • Kirishlarning auditi va monitoringi
  • Ruxsatlar va foydalanuvchi rollarini boshqarish
  • Foydalanuvchi tajribasini optimallashtirish
  • Xavfsizlik protokollari va shifrlash tizimlari bilan integratsiya

Asosiy modullar:

Foydalanuvchi identifikatsiyasi va autentifikatsiyasi

  • Foydalanuvchi ma’lumotlarining tekshirilishi
  • Parol, OTP, biometrik identifikatsiya va boshqa kirish usullari

Sessiyalarni boshqarish

  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta tizimda faol foydalanuvchi sessiyalarini boshqarish
  • Sessiya muddati cheklovlari va avtomatik chiqish mexanizmlari

Ruxsatlar va rollarni boshqarish

  • Turli foydalanuvchi rollarining belgilanishi
  • Har bir rol uchun tizim ichidagi vakolat va səlahiyatlarning belgilaninishi

Audit va xavfsizlik monitoringi

  • Foydalanuvchi faoliyatlarining qayd etilishi va tahlili
  • Shubhali kirishlarning aniqlanishi va ogohlantirish tizimlari

Tizimlararo integratsiya

  • ERP, CRM, HRM va boshqa ichki tizimlar bilan bog‘lanish
  • API va standart identifikatsiya protokollari (SAML, OAuth, OpenID) bilan moslik

Kirish boshqaruv paneli

  • Administrator uchun markazlashtirilgan boshqaruv interfeysi
  • Foydalanuvchi hisoblarini yaratish, deaktivatsiya qilish va yangilash