WMS (Warehouse Management System) – “Omborlarni boshqarish” moduli omborda mavjud barcha mahsulotlarning kirimi, chiqimi, qaytarilishi, hisobdan chiqarilishi, omborlararo harakati, mahsulotlarning harakat tarixi, mahsulotlarni birlashtirish, inventarizatsiya bo‘yicha bazada saqlanishi va bu sohada nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarning bajarilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. WMS ombor ichida shaffoflik yaratadi, ishchi resurslaridan to‘g‘ri foydalanishga, xatolarni kamaytirishga va xizmat darajasini oshirishga yordam beradi.