Davlat Soliq Xizmati uchun zamonaviy giperkonvergent server infratuzilmasi barpo etildi. Loyihaning maqsadi yuqori yuklama davrlarida tizimning barqaror ishlashini ta’minlash, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va biznes jarayonlarining uzluksizligini yaratish edi. Yechim doirasida hisoblash, saqlash va tarmoq resurslari yagona platformada birlashtirilib, boshqaruv soddalashtirildi va tizim unumdorligi sezilarli darajada oshirildi. Loyiha doirasida qo‘llanilgan ilg‘or texnologiyalar katta hajmdagi ma’lumotlarni samarali boshqarish, analitik hisobotlarni tez tayyorlash va xizmatlar uzluksizligini ta’minladi.