Caspel kompaniyasi “Oltin homiy” sifatida ishtirok etgan va O‘zbekiston Kiberxavfsizlik Tashkilotlari Assotsiatsiyasi tomonidan 01.05.2024 sanasida tashkil etilgan Forumning asosiy maqsadi kiberxavfsizlik
O‘zbekiston Kiberxavfsizlik Tashkilotlari Assotsiatsiyasi tomonidan “Yashil dunyo yo‘lida birdamlik yili”ga bag‘ishlangan “III Milliy Kiberxavfsizlik Forumi” o‘tkazildi.
Caspel kompaniyasi “Oltin homiy” sifatida ishtirok etgan va O‘zbekiston Kiberxavfsizlik Tashkilotlari Assotsiatsiyasi tomonidan 01.05.2024 sanasida tashkil etilgan Forumning asosiy maqsadi kiberxavfsizlik ekotizimining rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan tashkilotlar, kompaniyalar, shuningdek hamkor davlatlar vakillari va ekspertlari bilan birgalikda muhokamalarni amalga oshirishdan iborat edi. 350 dan ortiq mutaxassis qatnashgan Forum davomida kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi tegishli mahalliy va xorijiy tashkilotlar, kompaniyalar hamda ularning rahbarlari va mutaxassislari chiqishlari tinglandi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik ekotizimi”, “Tanqidiy axborot infratuzilmasining xavfsizligi bo‘yicha Turk Davlatlari Tashkilotiga a’zo davlatlar tajribasi”, “Kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlik”, “Kiberxavfsizlik bo‘yicha ta’lim va inson resurslari” hamda “Kiberdiaspora” nomli panellarda muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Forumda AKTAning “Oltin homiy”i sifatida Caspel kompaniyasi o‘z stendi bilan ishtirok etdi. Stendda kompaniyaning kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi keng ko‘lamdagi xizmatlarini aks ettiruvchi video rolik namoyish etildi hamda ishtirokchilarga axborot xarakteridagi bosma materiallar taqdim qilindi.
Shuningdek, mehmonlarga Caspel MChJ nomidan promo mahsulotlar sovg‘a sifatida taqdim etildi. Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan Caspel MChJ tadbirga qo‘shgan hissasi, shuningdek “Oltin homiy” sifatidagi ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.